20-noyabr – Butunjahon bolalar kuni
20-noyabr – Butunjahon bolalar kuni
BMT 1954-yilgi rezolyutsiyasida barcha mamlakatlarga 20-noyabrni Butunjahon bola kuni sifatida nishonlashni tavsiya etgan.
Shuningdek, 20-noyabr sanasida 1959-yilda “Bola huquqlari haqidagi Deklaratsiya”, 1989-yilda “Bola huquqlari toʻgʻrisida Konvensiya” qabul qilingan.
Bayram bolalar farovonligini oshirishga, dunyo miqyosida bolalar manfaatlari yoʻlida BMT tomonidan olib borilayotgan ishlarni kuchaytirishga qaratilgan.