25-oktabr —O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov tavallud topgan kun
25-oktabr —O‘zbekiston xalq yozuvchisi Pirimqul Qodirov tavallud topgan kun
Pirimqul Qodirov (1928.25.10) – yozuvchi, adabiyotshunos olim. O'zbekiston xalq yozuvchisi (1988). O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan madaniyat xodimi (1978). 1928-yilda tug'ilgan. O'zbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida katta ilmiy xodim (1963-83), Adabiyot, san'at va me'morchilik sohasidagi Davlat mukofotlari qo'mitasi raisi (1989-94), O'zbekiston Oliy Kengashi (Madaniyat va madaniy meros qo'mitasi raisi; 1991-95). “Qadrim” (1961), “Erk” (1968), “Meros” (1974), “Akramning sarguzashtlari” (1974), “Yayra institutga kirmoqchi” (1979), “Najot”, “Baxillar va botirlar”, 1980), qissalari, “Uch ildiz” (1958), “Qora ko'zlar”, (1966), “Olmos kamar” (1976), “Yulduzli tunlar” (1979), “Avlodlar dovoni” (1989), “Ona lochin nidosi” (2000) romanlari, “Til va dil” (1972), “Xalq tili va realistik proza”, (1973), “Til va el” risolalari muallifi.