6-mart – Hamza Hakimzoda Niyoziy tavallud topgan kun
6-mart – Hamza Hakimzoda Niyoziy tavallud topgan kun
Hamza Hakimzoda Niyoziy (1889-1929) - XX asr o‘zbek adabiyotiga tamal toshini qo‘yganlardan biri. XIX asr oxiri XX asr boshidagi o‘zbek madaniyatining eng yirik namoyandalaridan, faol ma’rifatparvar shoir, o‘qituvchi, jamoat arbobi. U she’riyatni hayotga va xalqqa yaqinlashtirish, hozirgi zamon nasrini o‘zbek adabiyotida qaror topdirish, ayniqsa drama, komediya, tragediya yaratish bobida va teatr san’atini rivojlantirishda ulkan izlanishlar va kashfiyotlar qilgan san’atkordir. Hamza kompozitor, rejissyor, jurnalist, pedagog va darsliklar muallifi sifatida ham keng ma’lumdir.
Hamzaning «Milliy ashulalar uchun milliy she’rlar majmuasi» (1915—1917), «Zaharli hayot» (1916), «Paranji sirlaridan bir lavha yoki yallachilar ishi» (1927), «Maysaraning ishi» (1926) kabi dramatik asarlari o‘zbek adabiyotida yangi hodisadir.