7 noyabr - Maqsud Shayxzoda tug‘ilgan kun
#Zafarobod_tuman_AKM
7 noyabr - Maqsud Shayxzoda tug‘ilgan kun
Shoir, dramaturg, adabiyotshunos, tarjimon, pedagog, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan san’at arbobi (1964) Maqsud Shayxzoda 1908 yil 7 noyabrda Ozarbayjonning Ganja viloyati Oqtosh shahrida tavallud topgan. Maqsud Shayxzoda o‘zbek adabiyoti rivojiga salmoqli hissa qo‘shgan. Qofiyaning yangi badiiy imkoniyatlarini kashf etib, o‘zbek she’riyatiga yangi vazn va shakl ko‘rinishlarini olib kirgan. Shoir ijodiga xos bu tamoyil uning, ayniqsa, «Toshkentnoma» (1958) lirik dostonida yorqin ifodasini topgan. Mohir tarjimon sifatida A. S. Pushkin, M. Yu. Lermantov, U. Shekspr, Sh. Rustaveli va boshqalarning asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan. 1967 yil 19 fevralda vafot etgan. Chig‘atoy qabristoniga dafn etilgan.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.