Kitob – eng sadoqatli do‘stingiz!
Kitob – eng sadoqatli do‘stingiz!
Kitob – aqlning nuri, qalbning tilidir. Har bir beti sizni yangi dunyoga olib boradi, g‘oyalaringizni boyitadi va hayotingizga ma’no qo‘shadi.
- Nima uchun kitob o‘qish kerak?
- Bilim – sizni har kuni yangilaydi.
- Tasavvur – cheksizlikka ochadi.
- Til – so‘z boyligingizni oshiradi.
- Tinchlik – sizni hayot shovqinidan uzoqlashtiradi.
Kuniga atigi 10 sahifa o‘qish, bu – bir yilda 3,650 sahifa! Hisoblasak, 15-20 ta kitob degani. Kichik odatlar katta natijalarni olib keladi.
Hozir qaysi kitobni o‘qiyapsiz? tanlov kitoblarini tugatib qoldingizmi? Vaqt tobora kam qolmoqda...