Yo‘lga chiqsang, yo‘l ko‘rinadi (Rumiy)
Yo‘lga chiqsang, yo‘l ko‘rinadi (Rumiy)
Har bir insonning qalbida katta orzular va ulkan maqsadlar yashaydi. Ularga erishish uchun tinimsiz harakat qilamiz. Ammo yo‘lda duch kelgan qiyinchiliklar ba’zan bizni to‘xtatadi, ishtiyoqimizni pasaytiradi.
Balki, boshqa yo‘ldan borish kerakdir?
O‘zingiz yaxshi ko‘radigan mashg‘ulotni tasavvur qiling: siz uni sevib bajarasiz, qayta-qayta qilasiz, eng muhimi – undan zerikmaysiz. Mana shu yo‘l orqali maqsadingizga erishish osonroq, tezroq va qulayroq bo‘lishi mumkin.
Hayot yo‘lingizda sevimli ishlaringiz sizga yo‘lchi yulduz bo‘lsin!