Abdulla Qodiriyning hikmatli so'zlari
Abdulla Qodiriyning hikmatli so'zlari
— O‘zbek tili kambag‘al emas, balki tilimizni kambag‘al deguvchilarning o‘zi kambag‘al. Ular o‘z nuqsonlarini tilga to‘nkamasinlar!
— Biz yangi davrga oyoq qo‘ydik, bas, biz har bir yo‘sunda ham shu yangi davrning yangiliklari ketidan ergashamiz.
— Kelinglar yoshlar, ziyolilar bu kun g‘ayrat qiling, Uxlaganlarni agar Qodir esak uyg‘otamiz...
— Yozuvchini, garchi shaxsan tanilmasa ham, asarlarini o‘qib, qanday tabiatli shaxs ekanini g‘oyibona bilish, tasavvur qilish mumkin. Chunki u o‘z asarlarida asosan o‘z tabiatini, ruhini tasvirlaydi.
— Haqiqiy yozuvchi boʻlmoq uchun turmushni har taraflama oʻrganish, buning uchun uning sahifalaridan xabardor boʻlish kerak. Haqiqiy yozuvchi boʻlishni istagan yoshlarimiz ham dastlab shu turmush ichiga kirishlari, uni bilishlari kerak.