Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetining kiraverishida shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan:
Janubiy Afrika Respublikasidagi universitetining kiraverishida shunday so‘zlar yozib qo‘yilgan:
«Har qanday millatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq radiusga ta’sir qiladigan raketalarga hojat yo‘q. Faqat ta’lim sifati pasaytirilsa va imtihonlarda talabalarga aldash uchun imkoniyat yaratilsa bas»
- Bunday vrachlar qo‘liga tushgan bemorlar o‘la boshlaydi.
- Bunday quruvchilar qurgan binolar qulaydi.
- Bunday iqtisodchilar va hisobchilar qo‘lidagi pullar izsiz yo‘qoladi.
- Bunday diniy ulamolar tufayli insonlar ma’nan o‘la boshlaydi.
- Bunday yuristlar va sudyalar qo‘lida adolat yo‘qlik sari yuz tutadi...
- Qonun chiqaruvchilar qo‘lida boshqaruv yo‘q bo‘ladi.
«Ta’limning barbod bo‘lishi — millatning kasodga uchrashidir!»