KITOB HAM MAQSADGA O‘XSHAYDI
KITOB HAM MAQSADGA O‘XSHAYDI
Maqsading uchun oxirigacha harakat qilsang – yutasan. Kitobni ham oxirigacha o‘qisang – o‘rganasan. Ba’zi odamlar kitobning yarmiga kelganda zerikib, yopib qo‘yadi. Bu esa hech narsani tushunmaslikka olib keladi.
Aslida muammo kitobda emas – to‘g‘ri kitob va to‘g‘ri muhit tanlanmaganida. Kitobni oxirigacha o‘qimasang, na o‘zingga foyda qilasan, na kitobga. Shu uchun o‘zingni ham, kitobni ham ovora qilib qo‘yma!
Bitta kitobni o‘qib tushunish va amal qilish – 100 ta kitobni tushunmasdan o‘qishdan afzalroq.