Kitobxonlik – merosmi yoki mas’uliyat?
Kitobxonlik – merosmi yoki mas’uliyat?
Ko‘pincha bolamiz kitob o‘qimayotganidan shikoyat qilamiz. Ammo bir savol ustida chuqur mulohaza yuritib ko‘rganmizmi: Bolani ilmga qiziqtirish kimning zimmasida?
Olimlar va pedagoglarning ta’kidlashicha, bu jarayon bir necha bosqichli zanjirdan iborat:
- Oila – bola ko‘rganini qiladi, eshitganini emas. Agar uyda ota-onaning qo‘lida kitob emas, doim telefon bo‘lsa, boladan kitobxonlik kutish biroz insofsizlikdir.
- Maktab – o‘qituvchi kitobni shunchaki vazifa sifatida emas, balki qiziqarli bir sarguzasht sifatida taqdim eta olishi kerak. Bilimga bo‘lgan tashnalik aynan maktab partasidan boshlanadi.
- Jamiyat – atrofdagi insonlar intellektual salohiyati bilan hurmat topsa, bola ilm olishni nufuzli deb bila boshlaydi. Agar insonning o‘zida ichki ehtiyoj shakllanmasa, hech qanday tizim uni majburlab o‘qita olmaydi.
Siz bu fikr haqida nima deya olasiz? Bolani kitobga qiziqtirishda asosiy mas’ul aslida kim?