Kutubxona bo‘ylab ekskursiya 10.08.2026
Kutubxona bo‘ylab ekskursiya 10.08.2026
Joriy yilning 10-avgust kuni Zafarobod tuman axborot-kutubxona markaziga Zafarobod tuman XTBga qarashli 17-sonli umumta’lim maktabining 9-sinf o‘quvchilaridan 3 nafar o‘quvchi ekskursiyaga tashrif buyurdi.
Shuningdek, tashrif buyuruvchilarga kutubxonaning bolalar bo‘limi, kitob ko‘rgazmalari, elektron zal hamda eslatma va byulletinlar bilan yaqindan tanishdilar. Mazkur ekskursiya kitobxonlarda axborot-kutubxona xizmatlariga bo‘lgan qiziqishni yanada oshirdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.