Mashhur yozuvchilarning so‘nggi so‘zlari
Mashhur yozuvchilarning so‘nggi so‘zlari
Dunyo adabiyotida salmoqli iz qoldirgan yozuvchilarning asarlari biz uchun hamisha maroqlidir. Bu xabarda esa ularning o‘limidan avvalgi so‘nggi so‘zlari o‘rin olgan.
Anton Chexov: “Ko‘p vaqtdan buyon shampan ichmagandim.”
Emiliy Dikkinson: “Ichkari kirish kerak, tashqariga tuman tushmoqda.”
Jeyn Ostin: “Hozir men istayotgan yolg‘iz narsa – o‘lmoq. O‘lmoqdan boshqa bir vajni istamayapman.”
Gyote: “Nur! Yana va yana nur!”
Frans Kafka: “Azizim, Maks, so‘nggi istagim, mendan qoladigan barcha narsalarni; kundaliklarim, qo‘lyozmalarim, men bitgan va menga kelgan barcha maktublarni, qoralamayu chizmalarimning bari-barini yoqib yubor.”
Ketrin Mensfild: “Sezyapmanki, ajalim yaqin. Yoig‘irni sevaman. Yomg‘ir tomchilarining yuzimga urilishini esa undan ham ko‘p...”
Mark Tven: “Qiyomat qadar sog‘ bo‘ling. Nasib, ko‘risharmiz...”
Nikolay Gogol: “Narvon, darhol bir narvon keltiring.”
O.Genri: “Fonuslarni yoqing. Uyga qorong‘ulikda ketishni istamayman.”
Viktor Gyugo: “Qora bir nurni ilg‘ayapman.”
Tarjimon va to‘plovchi: Maqsuda Yo‘ldoshova