Onaning bilimi – kelajakning poydevori
Onaning bilimi – kelajakning poydevori
Farzandlarim olim, fikri keng va bilimli bo‘lsin desangiz – avvalo ayolni, onani o‘qiting. Chunki ona – bolaning birinchi ustozidir. Onaning bilimi farzandning fikrlashida, nutqida va dunyoqarashida aks etadi. Kitob o‘qiydigan ona – savol beradigan, izlanadigan farzandni tarbiyalaydi. O‘rganishni to‘xtatmagan ayol – o‘rganishga chanqoq avlodni voyaga yetkazadi. Shuning uchun ayolni o‘qitish – faqat bitta insonni emas, balki butun jamiyatni tarbiyalashdir.