Qiladiganlardan so‘rang
Qiladiganlardan so‘rang
6 ta farzandning onasi, 2 million obunachisiga ega, tarbiya haqida maslahatlar beruvchi bloger – farzandlari bilan vahshiyona munosabati uchun 3 yilga qamaldi.
Oilalarni yarashtirish bilan shug‘ullanuvchi psixologlar – boshqalarga qaraganda 30% ko‘proq ajrashadi.
Do‘st orttirish, munosabat qurish bo‘yicha guru
Deyl Karnegi – do‘stsiz, ayolisiz, yolg‘iz va depressiyada vafot etadi.
Boy bo‘lish haqidagi eng mashhur kitob muallifi
Kiyosaki – boy bo‘lishni o‘rgatuvchi kompaniyasi bankrot bo‘ladi.
Inson ajoyib: amal qilmaydigan narsasini bemalol maslahat beradi. Qilmayotganini gapiradi. Gapirganini esa qilmaydi. Gapiruvchilar va qiluvchilar doim ham bitta odam bo‘lavermaydi.
Shuning uchun biror maslahat kerak bo‘lsa aynan o‘sha ish haqida gapiradiganlardan emas, o‘sha ishni qilib ko‘rganlardan so‘rang.