Qirgʻiz adabiyoti durdonalari
Qirgʻiz adabiyoti durdonalari
2019-yil 15-oktabr kuni Ozarbayjonning Boku shahrida bo‘lib o‘tgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi sammitida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tashkilotga a’zo davlatlar adabiyotining eng sara namunalarini jamlagan "Turkiy adabiyot durdonalari" nomli 100 jildlik kitoblar to‘plamini har bir xalqning ona tilida nashr etish tashabbusini ilgari surgan edi.
Mazkur tashabbus asosida ushbu 100 jildlik to‘plam ilk bor O‘zbekistonda tayyorlanib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashr etildi.
To‘plamga XI–XXI asrlarda yashab ijod qilgan 629 nafar atoqli shoir, adib va mutafakkirlarning eng sara asarlari kiritilgan. Unda umumturkiy adabiyot bilan bir qatorda o‘zbek, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman va venger adabiyoti durdonalari ham o‘rin olgan.
To‘plamning jildlari bilan tanishtirishda davom etamiz…
Qirgʻiz adabiyoti namunalari (83–90-jildlar)
83-jild: Tugalboy Sidiqbekov (qirgʻiz xalq yozuvchisi asarlari va qissalari).
84-jild: “Oltin avlod vakillari” (qirgʻiz adabiyotining taniqli namoyandalari ijodi).
85–90-jildlar: Qirgʻiz adabiyotining boshqa klassik va zamonaviy namoyandalari hamda Chingiz Aytmatov asarlari o‘rin olgan.