“Qomusimni bilmoq istadim” nomli ko'rik-tanlov
#Qomusimni_bilmoq_istadim
#Zafarobod_tuman_AKM
#Konstitutsiya_33_yil
“Qomusimni bilmoq istadim” nomli ko'rik-tanlov
Joriy yilning 5-dekabr kuni Zafarobod TAKM hamda hamkor tashkilotlar bilan birgalikda Zafarobod tuman ixtisoslashtirilgan maktabida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Qomusimni bilmoq istadim” nomli ko'rik-tanlov tadbiri bo‘lib o‘tdi. Tadbir jarayonida ishtirokchilar Konstitutsiya moddalariga oid savol-javoblar, tezkor fikrlashga undovchi vazifalar va jamoaviy baholash asosida sinovlardan o‘tishdi. Tadbir yakunida g‘olib bo‘lgan jamoalar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. Tadbirda 35 dona kitoblar ko'rgazmasi tashkil etildi hamda 50 nafar ishtirokchilar qatnashdilar.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.