"Tafakkur charxi-mantiq va zakovat sari" nomli tadbir
"Tafakkur charxi-mantiq va zakovat sari" nomli tadbir
Joriy yilning 12-oktabr sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi xodimlari tomonidan tuman 1-umumiy o'rta ta'lim maktabida 9-sinf o'quvchilari o'rtasida "Tafakkur charxi-mantiq va zakovat sari" shiori ostida tadbir o'tkazildi. Tadbir davomida axborot- bibliografiya xizmati tomonidan J.Londonning "Hayotga muhabbat" asari haqida bibliografik sharh berib o'tildi. Tadbirda 23 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.