Teskari maslahatlar
Teskari maslahatlar
1. Kitob o‘qimang. Uning o‘rniga shorts videolar ko‘ring
2. Har kuni ijtimoiy tarmoqlardagi odamlarning hayotini muhokama qiling va o‘zingizni ularga solishtirib o‘tiring
3. Bir davrada o‘zingizni aqlli ko‘rsatish uchun bilgan va bilmagan mavzularda hech kimga mikrofonni bermasdan gapiring
4. Muvaffaqiyatli insonlarning podkastlarini tinglamang. Ularning maslahatlariga amal qilish haqida esa o‘ylab ham ko‘rmang
5. Sun’iy intellektdan foydali ma’lumot olish uchun foydalanmang. Aksincha, keraksiz narsalar haqida soatlab gaplashib o‘tirsangiz bo‘ladi
6. Sizni tanqid qilganlarning gaplarini hech qachon eshitmang. Xatolaringizni to‘g‘rilamang. Xato qilmasangiz ham bo‘ladi
7. Yangi sohalarda o‘zingizni sinab ko‘rmang. Har doim qulay hududingizda qoling.
8. Doimo oson yo‘lni tanlang. Qiyinchilikka duch kelsangiz, taslim bo‘ling.
9. O‘zingizga yaxshi ustoz izlamang. Boshqalardan o‘rganishga hojat yo‘q.
Siz shulardan qaysi biriga amal qilasiz?