Turkiy Adabiyot Durdonalari
#Turkiy_Adabiyot_Durdonalari
#Turk_adabiyoti
2019-yil 15-oktabrda Boku shahrida o‘tkazilgan Turkiy davlatlar hamkorlik kengashi sammitida Prezidentimiz "Turkiy adabiyot durdonalari" nomli 100 jildlik to‘plamni turkiy xalqlarning ona tillarida nashr etish tashabbusini ilgari surdilar.
Mazkur tashabbus asosida ushbu 100 jildlik to‘plam ilk bor O‘zbekistonda tayyorlanib, lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosida nashr etildi.
To‘plamga XI–XXI asrlarda yashab ijod qilgan 629 nafar atoqli shoir, adib va mutafakkirlarning eng sara asarlari kiritilgan. Unda umumturkiy adabiyot bilan bir qatorda o‘zbek, qoraqalpoq, turk, ozarbayjon, qozoq, qirg‘iz, turkman va venger adabiyoti durdonalari ham o‘rin olgan.
To‘plamning jildlari bilan tanishtirishda davom etamiz…
Ushbu jildlar:
Turk adabiyoti jahon soʻz sanʼatining beqiyos durdonasi boʻlib, u “Oʻgʻuznoma”, “Koʻroʻgʻli” va “Dada Qoʻrqut” kabi folklor javohirlariga tayanadi. Maxsus antologiyaning 17 jildi (39–55-jildlar) ushbu adabiyotga bagʻishlangan. Dastlab fors sheʼriyati taʼsirida shakllangan mumtoz davrni boshlab beruvchi 39-jilddan Jaloliddin Rumiy, Yunus Emro va Tojiddin Ahmadiy kabi uch ulugʻ shoir asarlari oʻrin olgan.