"Yangi O'zbekiston-mening faxrim" shiori ostida davra suhbati
"Yangi O'zbekiston-mening faxrim" shiori ostida davra suhbati
Joriy yilning 12-avgust sanasida Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazida yosh kitobxonlar ishtirokida O'zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan "Yangi O'zbekiston- mening faxrim" shiori ostida davra suhbati o'tkazildi. Tadbir davomida axborot-bibliografiya xizmati tomonidan "Men O'zbekiston fuqarosiman" asari haqida bibliografik sharh berildi. Tadbirda 12 nafar ishtirokchi qatnashdi.
Zafarobod tuman axborot-kutubxona markazi AKT xizmati.